Get Mystery Box with random crypto!

«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so' | blog_Abdusattor

«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli grant e'lon qiladi!

Najot Ta'lim va Cambridge LC o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini davom ettiradi.

Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu grantda 2 mlrd 500 mln so'mli ta'lim granti orqali 100 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash, grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan.

«Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari tomonidan saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

«Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish e'lon berilgan vaqtdan boshlab 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Saralash va natijalarni e'lon qilish Ramazon oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

78-888-9-888