Get Mystery Box with random crypto!

«Lola animation» kompaniyasi Modelchi, Renderchi va Animatorla | blog_Abdusattor

«Lola animation» kompaniyasi Modelchi, Renderchi va Animatorlar uchun vakansiya e'lon qiladi!

3D Modelchi uchun qo'yilgan talablar:
• mutaxassisligi 3D modelchi;
• 2 yillik tajriba;
• boy tasavvur, animatsiya va topologiyalarni yaxshi tushunish;
• Autodesk Maya va 3Ds Max dasturlarida ishlay olish.

Unreal Engine Renderchisi uchun talablar:
• 1 yillik tajriba;
• rang va atmosferani yaxshi his qilish;
• chiroq va materiallar bilan yaxshi ishlay olish;
• import va eksport jarayonlaridagi muammolarni professional tarzda hal qila olish;
• o'z ustida ishlash, loyiha qiyinlashganda optimal yechimlar topish.

3D VFX Effektchi uchun talablar:
• 2 yillik tajriba;
• effektlar bilan ishlash, 3Ds Max, Autodesk Maya, Houdini Software dasturlarida simulyatsiya qilish;
• tyFlow Phoenix-ni plaginlardan, standart particullardan foydalana olish;
• suv, yong'in, portlash va sinish kabi effektlarni chiqara olish.

Bizning taklif:
Toshkent shahridagi zamonaviy yuqori texnologiyali ofisda qulay ish muhiti;
6/1 moslashuvchan ish jadvali: yarim kunlik yoki masofaviy;
o'z vaqtida kelishilgan ish haqi;
do'stona mutaxassislar jamoasida ishlash imkoniyati;
hard va soft ko'nikmalar bo'yicha bepul treninglar;
O'zbekiston bo'ylab korporativ turlar.

Oylik maosh suhbat asosida belgilanadi.

Murojaat uchun: @najottalim_recruiting