Get Mystery Box with random crypto!

Bu ota qishlog'im Nanayda (Namangan vil.) joylashgan At-Termiz | blog_Abdusattor

Bu ota qishlog'im Nanayda (Namangan vil.) joylashgan At-Termiziy jome masjidi. Chekka hududda bo'lgani uchun masjidni obod qilishga ehson qiluvchi boylar soni juda ko'p deb emas.

Ayni kunlarda masjidning tahoratxonasini yangilash va masjid hududini imkon qadar kengaytirish uchun harakat boshlangan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo Qiyomat kunida qo‘shnilarim qani? Qo‘shnilarim qani?", deydi. Farishtalar: "Ey Robbimiz, Sen bilan qo‘shni bo‘lishga kim haqli?", deb so‘rashadi. Shunda Alloh: "Masjidlarni obod qiluvchi, bunyod qiluvchilar qani?" deydi”.

"Alloh ehson qiluvchilarni yaxshi ko‘radi" (Baqara surasi, 195-oyat)

Jannatda bir uyim bo‘lsa yoki joyini topib ehson qilsam-u mushkulim oson bo‘lsa, Alloh mendan rozi bo‘lsa, degan birodarlarimiz ko‘p oramizda. Shunday saxovatpesha qadrdonlarimizga Nanaydagi masjid karta raqamini ulashamiz. Bir berganingizni ming qilib qaytarsin Robbim!

AGROBANK HUMO/VISA: 4073420043428402

Mutavalli: Mirzayorov Faxriddin
Maʼlumot u-n: 972550104