Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsiyaga berilib kursni sotib olganlar 1 hafta dars qilib | blog_Abdusattor

Motivatsiyaga berilib kursni sotib olganlar 1 hafta dars qilib tashlab qo’yadi. Keyin har safar 3D modeling ortidan erishilgan natijalar va daromadlar haqida gapirib reklama qilsak oradan 9-10 oy o’tib yana dars qilishni boshlashadi va yana tashlab qo’yishadi 2 yildan beri shunday qilib kelayotganlar bor.

Nima bu maynavozchilik? Natija ko’rmadim deydi. Ofiga keling, telefon bering, darslikdan ko’rib bajargan ishlarizni tashlang desak. Kerak emas deydi. Nima bu ahvol?

Eplolmaganlar Sizlar odamlarni aldayabsizlar deydi. "Erkak" Siz eplolmasangiz bu aldash degani emas.

Kursni tugatib 6 oy davomidi bittayam model yasab saytga joylamasdan pul topmayapman deydi. Kimning ustidan kulyapdi bular?

Qo’lingizdan intizomli bo’lish va o’rganish kelmas ekan nega alamingizni bizdan olyapsizlar? Biz natijani raqamlar bilan ochiq ko’rsatib qo’ydik.

Tandiq qilib telefon bermaslik, bloklab qo’yishlik, ko’rishmaslik. Hamma ayb o’zidaligini judayam yaxshi bilishadi. Alamini kimdan olishni bilmaydi xolos.

Izohda tanqid qilyapsizmi? Erkakmisiz marhamat keling, ko’rishing, telefon bering.

Abdusattor Abduraximov

@dizipro