Get Mystery Box with random crypto!

Yangi chiqarmoqchi bo'lgan brendingizni bozorga to'g'ri olib k | blog_Abdusattor

Yangi chiqarmoqchi bo'lgan brendingizni bozorga to'g'ri olib kirish!

Ko'pchillik qiladigan xatolardan biri shuki, deylik bir-ikki dasturchilar yangi ilova qilishmoqchi va bunga uncha ham chuqur bo'lmagan analiz sintez orqali kichik reja tuzishgan. Dasturchilar u ilovani qilishga yetarlicha vaqt sarflashib yuboradi va natijada nima bo'ladi? - Dastur o'zini oqlamaydi, sababi undan ancha yaxshi dasturlar va qulayroqlari play market'da tiqilib yotibdi. Nima qilish kerak?

Agar ular bir deganda mukammal dastur chiqarmoqchi bo'lsa, bozorda unga bo'lgan talabni mavjud bo'lgan dasturlar qondiraverishadi va ular mukammallashtirganicha hech narsani realizatsiya qila olishmaydi. Yechim:

MVP variantini chiqarish va bozorga hoziroq kirib olish. MVP variant nima degani? MVP bu - Minimum Viable Product ya'ni eng minimal mavjud mahsulot deganidir. U mukammallashtirilmagan va boshqa mavjud ilovalarning bir qism funksiyalarini bajara olishga mo'ljallangan. Deylik oziq-ovqat dostavkasida ilova qilmoqchi bo'lgan ukalar nima qila olishlari mumkin?

- Masalan avval oziq-ovqat yetkazib berishga mo'ljallangan birorta eng yaxshi ilovani bir qism funksiyasini o'zlashtirish. Masalan, faqat telegram bot orqali bir necha emas, bir-ikki kafe va restoranlardan boshlash. Yoki faqat osh yetkazib berishga mo'ljallangan dostavka ilovasi yoki faqat somsa yetkazib berishga mo'ljallangan bo'lsin. Xullas shu va shu kabi cheklangan funksiyaga ega bo'lgan produkt bozorda o'z o'rniga ega bo'lib oladi.

Postni o'qish tekin, o'qimaslik pullik #DasturchilargaUlashing

@blog_abdusattor