Get Mystery Box with random crypto!

#motiveyshinal Senga o‘zi nima qildim? Sababini hamma bilsin | Islom Ibrohim

#motiveyshinal

Senga o‘zi nima qildim?
Sababini hamma bilsin.
Yuragimni butkul tildim,
Bloklagan qo‘ling sinsin!

Yozma desang o‘larmiding,
Ahvolimga hamma kulsin.
Quvonchingdan bir yayrading,
Bloklagan qo‘ling sinsin!

Ketar edim lichkandan jim,
Yelkam chuqur joyi ko‘rsin.
Aybim nima bilolmadim,
Bloklagan qo‘ling sinsin!

Telegramdan bloklabsan,
Davom ettir spam bo‘lsin.
Telefondan bloklabsan,
Bloklagan qo‘ling sinsin!

Ortiqcha gap yozganmidim?
Skrenshotni hamma ko‘rsin.
Yoki seni so‘kkanmidim?
Bloklagan qo‘ling sinsin!

Yozding, javob berolmadim,
Hayolingda turib tursin.
Alamimni ololmadim,
Bloklagan qo‘ling sinsin!

Yara toshib ketsin yoki,
Seni kimdir blok qilsin.
Uzilsin-a har bir choki,
Bloklagan qo‘ling sinsin!

Menda ham bor gunoh bilsang,
Mayli joning omon bo‘lsin.
Agar yana bloklasang,
Bloklagan qo‘ling sinsin!

Muallif: Shoir Shohjahon

@bl_ges_bolmoqchiman