Get Mystery Box with random crypto!

Yaponiyadagi kompaniya egasi bilan suhbat Laziz Adhamov. - Qa | ©️ Biznes kitob sharx

Yaponiyadagi kompaniya egasi bilan suhbat Laziz Adhamov.

- Qanday qilib sen ishchini brak(yaroqsiz) bo'lib qolishini oldini olasan?
-Menda brak ishchilar bo'lmaydi -dedi.

-Ishchi xato qilishi mumkin-ku, axir?
-Xato qilsa tuzatib qo'yamiz -dedi.

-Ikkinchi kuni yana xato qilsachi?
-Balki, biz uni yomon o'qitdik, yana qayta yaxshilab o'qitamiz -dedi.

-Uchinchi kuni baribir bu yaramas, senga xato qildi shunda nima qilasan?
-Sen nima deb o'ylaysan men uni ishdan olib tashlaymanmi yoki yo'qmi? -dedi.

-Uni ishdan haydaysanmi shunda?
-Ey sen, g'alati odam ekansan seni uyingda ukang yoki opang invalid bo'lib qolsa, ko'chaga haydab yuborasanmi? - dedi.

Kompaniya bu - oila. Mana haqiqiy biznes falsafa.

Laziz Adhamov
@Bi_Ki_Sha