Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda kunlik tug‘ilishlar soni oshmoqda O‘zbekistonda | Barchasi Bittada

O‘zbekistonda kunlik tug‘ilishlar soni oshmoqda

O‘zbekistonda 19 yanvar kuni soat 08:00 dan 20 yanvar 08:00 gacha 2 412 nafar chaqaloq tug‘ildi. Eng ko‘p tug‘ilish holatlari Farg‘ona (275 nafar) va Qashqadaryo (261) viloyatlariga to‘gri keldi. Tug‘ilishlar soni bir kun oldingi statistika bilan solishtirilganda 80 nafarga oshgan.

Shuningdek, sutka davomida tug‘ilgan chaqaloqlarning 1 317 nafarini o‘g‘il bolalar, 1 095 nafarini esa qizlar tashkil etdi. Umumiy hisobda respublika bo‘yicha 28 nafar egizak tug‘ildi.

Bundan tashqari, «Tez yordam»ga 32 638 ta chaqiriq kelib tushgan hamda 847 nafar bemor kasalxonaga olib ketilgan.

@bittada_barchasi — #statistika