Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyani NATOdan chiqarish uchun 'NATO'dan çıkalım' yoki 'NAT | Barchasi Bittada

Turkiyani NATOdan chiqarish uchun "NATO'dan çıkalım" yoki "NATOdan chiqaylik" degan nom ostida butun mamlakat bo‘ylab kompaniya boshlandi.

Kampaniyani Turkiyaning taniqli siyosiy va partiya yetakchisi Dogu Perinchek boshlab berdi.

Namoyishchilar “Biz 70 yillik tarixda NATOdan chiqish tarafdorimiz. a’zoligimiz mamlakatimizga to‘ntarishlar, fitnalar, suiqasdlar, terror va iqtisodiy tanazzulga olib keldi va Otaturk inqilobi yordamida qurgan milliy davlatimizni barbod qildi" deyishmoqda.

Nima uchun NATOdan chiqishimiz kerak nomli dastur manifestida Turkiya birinchi navbatda Rossiya, Eron, Iroq, Suriya, Liviya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Abxaziya va Shimoliy Kipr kabi qo‘shni davlatlar bilan ittifoqqa kirishi kerakligi e’lon qilingan. Shuningdek manifestda, "NATOni tark eting va Turk Qurolli Kuchlarining Incirlik va Kyurekik harbiy bazalarini nazorat qilib, Amerika harbiylarini ulardan olib tashlang. Turkiya SHHTga a’zo bo‘lishi kerak." kabi chaqiriqlar ham bor.

@bittada_barchasi — #siyosat