Get Mystery Box with random crypto!

500 MING DOLLARLIK ER QIDIRGAN QIZ _______________________ Bir | BIRLASHGANLIKLAR 🇺🇿

500 MING DOLLARLIK ER QIDIRGAN QIZ
_______________________
Bir qiz, dunyoda boy odamlar onlayn klubiga kirib, quyidagi xatni qoldiribdi.
* * *

Salom,
Yoshim 25da. Men juda ham chi­royli, kel­ish­gan, zamon va moda bilan ham­nafas qiz­man. Boy bir kishiga tur­mushga chiq­mo­qchi­man, oyligi yiliga 500 ming dol­lar­dan kam bo‘lmasligi kerak. Siz meni juda ham och ko‘z qiz ekan dey­ishga shoshilmang, chunki Nyu-Yorkda yiliga 1 mil­lion dol­lar topadi­gan kishi o‘rta sinf vak­ili hisoblanadi. Meni tal­ablarim juda yuqori emas, ayni shu forumda kimdir chiqar, yiliga 500 ming dol­lar ish­lab topadi­gan?! Yoki hamma uylanib bo‘lganmi?
Men sizlar­dan so‘ramoqchiman. Ayt­inglar, badavlat kishiga tur­mushga chiqish uchun nima qilay? Shu payt­gacha yur­gan yig­it­larim­dan eng boyvochchasi yiliga 250 ming dol­lar topar edi. Bu Nyu-Yorkdagi men xohla­gan yerda yashash uchun yetarli mablag‘ emas. Shun­ing uchun, ruxsatin­giz bilan, quyidagi savol­larni bersam:
1) Badavlat kishi­lar qay­er­larda ko‘proq yur­ishadi? Klub, restoran, diskoteka, bar nom­lar­ini yozishin­gizni so‘rayman.
2) Qaysi qat­lamni tan­lashim zarur? Masalan, yoshroq yig­it­larmi yoki yoshi kattaroqlarmi?
3) Ko‘p ko‘rganman, badavlat kishi­larn­ing ayol­lari juda chi­royli ham bo‘lishmaydi. O‘rtacha ko‘rinishga ega bo‘lishadi. Ular buni qan­day uddalashadi?
4) Badavlat kishi­lar, ayt­inglar, sizlarga xotin­likka ko‘proq qan­day qizlar kerak va qaysi qizlar faqat ko‘ngilxushlik uchun kerak? Mening maqsadim tur­mushga chiqish.

Hur­mat bilan,
Go‘zal Hurliqo.
*

“JP Mor­gan” banki rah­bari­dan fay­la­su­fona javob.

Azizim Go‘zal Hurliqo,

Sizn­ing xatin­gizni zo‘r qiz­iqish bilan o‘qib chiqdim. Fikrim­cha, juda ko‘pchilik qizlar shu kabi savol­lar bilan xay­ol­lar­ini band qilib yur­ishadi. Ilti­mos, bergan savol­laringizdagi holatni pro­fes­sional investor sifatida tahlil qil­ishga ruxsat bersangiz.

Men­ning yil­lik oyligim 500 ming dol­lar­dan ziyod (divident va bonuslarni qo'shmaganda) va bu bilan sizn­ing tal­abin­gizga javob bera­man. Dan­gal qilib ayt­ganda, siz “chiroy“ni “pul“ga ayri bosh qil­mo­qchi­siz. Ya'ni, barter qil­mo­qchi­siz. Siz chi­royingizni berasiz, biz uning uchun pul to‘laymiz. Sodda va lo‘nda, bir qarashda adolatli. Servis (hizmat ko'rsatishga, pul to'laymiz). Lekin, bu yerda yaxshig­ina muammo mavjud. Iqtsodchilarda ikkita mulk turi bor. Birinchisi (appreciation asset) - vaqt o'tishi bilan qiymati ortadigan mahsulotlar. Masalan, antikvar va tarihiy buyumlar, vino, yer-mulk va hokazolar. Ikkinchisi, (depreciation assets) - vaqt o'tishi bilan narxi pasayadigan mulklar. Bunga ko'plab kundalik narsalar kiradi. Masalan kompyuter - yangisidan kora eskisining bahosi arzonroq turadi. Yildan yilga bahosi paslab boraveradi.

Shu sababli iqt­sod­chi nuq­tai nazari­dan, boy­likni hisobga olganda men yil­dan yilga bahosi oshib bor­a­di­gan mulk­man, siz esa aksin­cha. Sizning chi­royingiz yil­dan yilga bahosi yuqori suratda pasayadi­gan mulk. Va bu siz maq­tanadi­gan yag­ona xususiyat bo‘lsa, sizn­ing bahoin­giz 10 yilda umu­man qolmaydi. Xafa bo‘lmasangiz, sod­daroq tushunti­ra­man. Biznesmenlar, agar zarurat bo'lmasa, bahosi tez pasayadigan mulkni kam xolatlarda sotib olishadi. Odatda bunday mulklar ijaraga olinishi mumkin. Demak, siz bilan ham faqat...

Kimni 500 ming dol­lar puli bo‘lsa, u ahmoq odam emas; siz bilan faqat uchrashib yur­ishimiz mumkin xolos, lekin hech qachon uylan­maymiz. Uylanishimiz uchun sizda omonatdorlik, erning sirini saqlay bilish, sadoqat kabi fazilatlar bo'lishi kerak. Sizga bun­day maqsad­larni unutishin­gizni masla­hat bergan bo‘lardim. Uning o‘rniga yaxshi his­lat ort­tirib yoki o‘zingiz tad­birko­r­likka qo‘l urib 500 ming dol­lar­dan ko‘proq daro­mad ish­lashin­giz mumkin. O‘ylaymanki, yoz­gan­larim sizga yor­dam beradi.

“JP Mor­gan” rahbari