Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza Bir bola sun’iy jonlantirish bo‘limida jon berayotg | BIRLASHGANLIKLAR 🇺🇿

#Mulohaza

Bir bola sun’iy jonlantirish bo‘limida jon berayotgan edi.
Doktorlardan biri bolaning boshi ustida engashib, sekin dedi:
- Ukajon, kalima keltir, jannatga tushasan!
Bola boshini qimirlatib qo‘ydi, ammo kalimani aytmadi.
Doktor endi qattiqroq, tanbex oxangida qaytardi:
- Uka, kalima keltir, dedim! Kimning oxirgi so‘zlari “La ilaxa illallox” bo‘lsa, unga do‘zax xarom bo‘ladi, kalimani ayt!
Ko‘zlari yumilib borayotgan bola yana boshini qimirlatdi, ammo yana biror so‘z aytmadi. Shunda doktor unga yalingandek, yolvorgandek murojaat qildi:
- Jon, uka, do‘zaxi bo‘lib qolma, “La ilaxa illallox” degin!
Bola bor kuchini yig‘ib, kalimani aytdi:
- La ilaxa illalloxu Muxammadur rosulullox!
Shundan so‘ng bola oxista jon berdi.
Bu gapni eshitgan bolaning onasi faryod urib yig‘ladi. Doktor bolaning onasidan so‘radi:
- Nima uchun bolangiz ikki marta
so‘raganimda kalima keltirmadi?
Bolaning onasi ko‘z yoshlarini artib, javob berdi:
- Chunki bolam soqov edi ..!