Get Mystery Box with random crypto!

Gerpes Va nihoyat, TORCH infektsiyalaridan oxirgisi — bu gerp | 🚑TEZ YORDAM🏥

Gerpes

Va nihoyat, TORCH infektsiyalaridan oxirgisi — bu gerpes. Umuman olganda, gerpes kasallik ham emas, balki virusli infektsion kasalliklardan iborat butun guruh hisoblanadi. Oddiy gerpes viruslarining ikki guruhi ma’lum — I va II tip:

I tipdagi gerpes, ayniqsa, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan lablardagi «uchuq» ko’rinishida namoyon bo’ladi
II tipdagi gerpes ko’p hollarda jinsiy a’zolarga ta’sir qiladi (urogenital gerpes deb ataladi).

Gerpes havo tomchilari orqali va jinsiy yo’l bilan, shuningdek, «vertikal ravishda», ya’ni homilador onadan yo’ldosh orqali homilaga o’tishi mumkin.

Kasallik uzoq surunkali kechish shaklida bo’lsa, har ikki turdagi gerpes nafaqat teri va shilliq qavatlarning shikastlanishida, balki markaziy asab tizimi, ko’zlar va ichki a’zolarda ham o’zini namoyon qilishi mumkin. Homiladorlik paytida gerpes bilan birlamchi infektsiyalanishda, homilaning barcha a’zo va tizimlari vujudga kelayotganda gerpes infektsiyasi homila uchun juda xavfli sanaladi.