Get Mystery Box with random crypto!

Sitomegalovirus (CMV) Dunyodagi eng keng tarqalgan infektsiya | 🚑TEZ YORDAM🏥

Sitomegalovirus (CMV)

Dunyodagi eng keng tarqalgan infektsiyalardan biri, gerpes oilasining eng yashirin viruslaridan sanaladi. Sitomegalovirus bilan birlamchi infektsiyalanish homilador ayollar uchun xavflidir, chunki infektsiya rivojlanayotgan embrionga ham o’tishi mumkin.

Agar ayol ancha vaqt oldin yuqtirib olgan bo’lib, infektsiya xuruj olmasa, virusning bo’lajak chaqaloqqa yuqishi ehtimoli juda past.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda sitomegalovirus infektsiyasining belgilari quyidagilar:

Markaziy asab tizimi shikastlanishi;
Sariq kasallik;
Trombositopeniya;
Bronxit;
Mononukleoz;
Psixomotor va aqliy zaifliklar;
Progressiv karlik.