Get Mystery Box with random crypto!

Olimlarning Amir Temur haqida aytgan fikrlari: Lyusyen Keren | 1-Sinf Fayllar Bazasi

Olimlarning Amir Temur haqida aytgan fikrlari:

Lyusyen Keren : Bir tomonda kattiqqoʻl Temur tursa, ikkinchi tomonda ilm ahlini qutlab, himoyasiga oladigan Temur turadi; bir tomonda butun-butun shaharlarni zabt qiluvchi Temur boʻlsa, ikkinchi tomonda obidalar, madrasalar, anhorlar qurdiruvchi va bogʻlar barpo ettiruvchi Temur turadi. Bu murakkab shaxs muarrixlar uchun ham jumboq boʻlib qolmoqda.

I.A.Karimov : Tarixda hukmdorlar ko‘p o‘tgan, ularning aksariyati o‘z maishati va ayshu ishratidan nariga o‘tmaganligi ma’lum. Ularni bugun birov eslamaydi ham. Biroq millat g‘amida yongan, uning istiqboli va istiqloli yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib yashagan arbobni kelajak va tarix hech qachon unutmaydi. Amir Temur ana shunday tarixiy va unutilmas shaxsdir.

Ye Snesarev :Amir Temurning sarkardalik, tashkilotchilik faoliyatini o‘rganishga g‘oyat qiziqib qaragan yirik harbiy arbob ham  edi. U Yevropa tarixnavisligi namoyandalarining  «Osiyoning  xaqli ravishda shuxrat qozongan  harbiy yo‘lboshchilarini kamsitib», Amir Temur kabi atoqli sarkardalarni «mamlakatni shafqatsizlarcha vayron etgan», «qonxo‘r», «telbanamo» kimsalar qatoriga qo‘shishlarini g‘arazguylik, g‘ayriilmiy tarzda biryoqlama yondashish deb baholadi». Masalaning tafsilotiga berilmay, buni «o‘taketgan anglashilmovchilik yoki noxaqlik» deb hisoblashga ijozat bergaysiz»

A.Yu. Yakubovskiy : Temurning To'xtamish ustidan qozongan bu g'alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy Ovro'pa , balki Rusiya uchun ham katta ahamyatga molik bo'ldi.

F. Shlosser : Amir Temur baxtiyor jangchi , jahongir , uzoq Sharqda qonunshunos bo'lish bilan birga o'zida Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi

M.Veber : Temur o'z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik , davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi