Get Mystery Box with random crypto!

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur | 1-Sinf Fayllar Bazasi

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

Amir Temur - dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.

9 aprel kuni Amir Temurning tavvalud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Biz ham ana shu munosabat bilan sizga buyuk ajdodimiz haqidagi eng sara ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar

1. Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.

2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.

3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.

4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan.