Get Mystery Box with random crypto!

Birgina izhor...🕊

Telegram kanalining logotibi birgina_izhor — Birgina izhor...🕊 B
Telegram kanalining logotibi birgina_izhor — Birgina izhor...🕊
Kanal manzili: @birgina_izhor
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 46
Kanalning ta’rifi

Ba'zida odamlar bilan gaplashishning keragi yo'q, chunki seni tushunadigan inson bu o'zing va albatta Alloh...

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-13 07:50:55

@birgina_izhor
56 views04:50
Ochish/sharhlash
2022-12-11 06:41:43 Go‘zal tarbiya

O‘n ikki yoshlarda edim. Maktab xarajatlarimni topish uchun uyma-uy gazeta tarqatar edim. Shu on ismini eslolmaydiganim keksa xonim mening mijozim edi. Menga kechira olish borasida juda chiroyli va unutilmas saboq berdiki, umid qilamanki, men ham bir kuni kimgadir ayni hissiyotlarni shunday go‘zallik bilan tuhfa etaman.

Zerikarli shanba kuni edi. O‘rtog‘im bilan keksa xonimning uyi orqasidagi bog‘chada bir burchakka yashirinib olgancha tomga tosh ota boshladik. Qo‘limizdan uchgan toshlar tunukadan dumalab pastga tushishini osmondan dumli yulduz tushayotganinini tomosha qilgandek kuzatib zavqlanardik. Dumaloq tosh oldimda, bor kuchim bilan tomga irg‘itdim. Ammo tosh bu safar tomga emas, eshikning oynasiga tegdi. Oyna singani tovushini eshitgan zahotimiz, yashiringan joyimizdan uchib chiqib qochdik. Keksa ayol bizni ko‘rishi mumkin emasdi. Tun bo‘yi keksa ayol meni tutib, jazolashini o‘ylab qo‘rqqanimdan uxlay olmadim.

Ertasi kuni gazetasini berish uchun eshigiga borganimda, odatdagidek samimiy tabassum bilan hol-ahvolimni so‘radi. Ammo men aybdorona qiyofada uning yuziga ham qarrayolmasdim. Oxiri topgan pulimni jamg‘arib, ayolga singan oyna uchun to‘lashni o‘yladim. Uch haftadan keyin yetti dollarga yetdi jamg‘armam. Bir qog‘ozga "Oynangizni sindirganim uchun xijolatdaman. Umid qilamanki, bu pul yangi oyna olib qo‘yish uchun yetadi” deb yozdimu pul bilan xatjild ichiga qo‘ydim. Kechki payt qorong‘u tushishini kutib, xatjildni keksa xonimning pochta qutisiga otdim. Bir zumda ruhim yengil tortdi. Endi avvalgidek keksa xonimning ko‘zlariga qaray olishimni o‘ylab ichim sevinchga to‘ldi.

Ertasi kuni eshigiga borib, gazetasini uzatgandim har doimgidek jilmayib qarshiladi meni. Men ham unga javoban ko‘zlariga qaradim. Shundoq orqamga qaytganimda:
—  Eh, bir daqiqa to‘xtagin, xayolimdan ko‘tarildi, bu qurabiyelar senga, – deya qo‘lidagi xaltani uzatdi.

Uydan uzoqlasharkanman mazza qilib qurabiyelarni yeya boshladim. Bir nechta shirinlik yeganimdan so‘ng xaltada bir xatjildga ko‘zim tushdi. Ichida qisqa jumla ilova qilingan yetti dollar bor ekan: “Sen bilan faxrlanaman!.."

Turkchadan Umida Adizova tarjimasi


@birgina_izhor
62 views03:41
Ochish/sharhlash
2022-12-10 06:16:07 Men yozayotganlarimni o'qiyotganingizdan xursandman, buni sizlar qo'yayotgan reaksiyalar stikerlardan bilyapman, rahmat


@birgina_izhor
50 viewsedited  03:16
Ochish/sharhlash
2022-12-10 06:14:31 Kechroq yana bir hikoyani yuboraman


@birgina_izhor
48 viewsedited  03:14
Ochish/sharhlash