Get Mystery Box with random crypto!

Birgalikda kitob o‘qiymiz 📚📖📎

Telegram kanalining logotibi birgalikdakitoboqiymiz — Birgalikda kitob o‘qiymiz 📚📖📎 B
Telegram kanalining logotibi birgalikdakitoboqiymiz — Birgalikda kitob o‘qiymiz 📚📖📎
Kanal manzili: @birgalikdakitoboqiymiz
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 200
Kanalning ta’rifi

بِسْمِ ْاللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الْرَحِمِ

Xush kelibsiz: Bu sahifa aynan siz uchun!
Kitoblardan iqtiboslar...📗📕📙
Chiqarilgan xulosalar...
Va kitob haqidagi boshqa qiziqarli ma'lumotlar... 📝📝📝

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-06 05:24:42 #iqtibos
✓Kitob o‘qish uchun ikki asos bor: birinchisi – sen bundan rohatlanasan. Ikkinchisi esa – sen bu bilan maqtanishing mumkin.( )

Bertrend Rassel

@birgalikdakitoboqiymiz
100 viewsNigora Hudoyberganova, edited  02:24
Ochish/sharhlash
2023-01-05 16:50:20
#yangilik

''Akademnashr'' nashriyoti tomonidan Rauf Parfining 2 jildlik saylanmasi nashr etildi.

1-kitob:''Hukmnoma''
2-kitib:''Iymon asiri''

@birgalikdakitoboqiymiz
99 viewsNigora Hudoyberganova, edited  13:50
Ochish/sharhlash
2023-01-05 07:36:48 #nihoya
''Senga yetmaguncha to‘xtamayman''- ushbu asar Mo‘minjon hakimning kundaligi asosida Rahmatulloh Fayzullayev va Nodirjon Abdulahatovlar tomonidan tayyorlangan. Unda hakim(tabib)ning boshidan kechirgan qiyinchiliklari, ilm olish yo‘lidagi azoblari aks etgan. Bu, albatta, hozirgi yoshlar uchun ibratdir.
U hattoki ilm talabida Marg‘ilondan Buxoroga borganda boshpana topolmay qabristondagi ochiq go‘rlarni o‘ziga oshiyon qiladi.(Hozirgi kunda bunaqa qiyinchilik bilan o‘qigan birorta tolibi ilm bo‘lmasa kerak). O‘gay ona qo‘lida ko‘p qiynaladi. Lekin u to‘xtamadi. Ilmga bo‘lgan intilish va ishtiyoq uni har doim harakatga chorladi. Tib ilmini ustozsiz kitoblar orqali o‘rgandi va tez orada uning dong‘i olamga yoyildi. Uning qo‘lida juda ko‘p bemorlar shifo topdi.
Ovozasi Buxoro amirligigacha yetib amirning o‘zi uni saroyga tabiblik qilish uchun chaqiradi.
U juda ko‘p mol-mulk topdi lekin o‘zining ehtiyojidan ortig‘ini saqlamadi hammasini talabalarga tarqatdi.
Asarda Amir Olimxon haqida ham birmuncha ma'lumotlar bor. Uning adolati haqida ko‘p voqealar uchraydi.Yana u buyuk jadidchi Mahmudxo‘ja Behbudiy bilan yaqin munosabatda bo‘ladi. Abdulla Qodiriyni ham davolagan ekan. Andulla Qodiriyning ''O‘tgan kunlar'' romani haqida noma'qul fikrlar aytilganda u yozuvchiga tasalli beradi. Buning uchun Qodiriy Mo‘minjon hakimga ko‘p Tashakkurlar aytadi va '' Hech kim menga sizchalik tasalli bermadi'' deb aytadi.

Bu manoqib asardan faqatgina ibrat olish mumkin. Mo‘minjon hakim barcha tolibi ilm uchun ibrat manbaidir.

@birgalikdakitiboqiymiz
218 viewsNigora Hudoyberganova, edited  04:36
Ochish/sharhlash
2023-01-04 15:52:15
"ODAM TO'G'RI BO'LSA..."

Ijtimoiy rolik.


Muallif va rejissor:
Shokir Xoliqov


@birgalikdakitoboqiymiz
117 viewsNigora Hudoyberganova, 12:52
Ochish/sharhlash
2023-01-04 08:02:53
#tabassum
Kitobcha maqollar...

Kitobxonlarning yugurgani kutubxonagacha.
Oz-oz kitob oʻqib dono boʻlur.
Telefon olma, kitob ol.
Kitob kitobni chaqirar, Kitobsiz – uyquni.
Kinosini ming marta koʻrgandan, Kitobini bir marta oʻqigan yaxshi.
Kitobdan kelsa boylik, Turmush boʻlar chiroylik.
Oltin olma, kitob ol, Kitob oltin emasmu?
Bilmaganni kitobdan oʻqib oʻrgangan – olim, Erinib oʻqimagan – oʻziga zolim.
Kitob – yetti xazinaning biri.
Kitobsiz birni yiqar, Kitobli – mingni.
Kitobga eʼtiborsiz, Elga eʼtiborsiz.
Kitob zehningni ochar,
Dangasa kitobdan qochar.
Kitob – hayot manbayi.
Kitob o‘qigan topib gapirar, Kitob o‘qimagan – qopib.
Yetti oʻylab, bir kitob ol.

@birgalikdakitoboqiymiz
118 viewsNigora Hudoyberganova, 05:02
Ochish/sharhlash
2023-01-03 20:57:05 https://www.oyina.uz/uz/article/1292

Konsta tavsiya qilgan kitoblar!!!

3 tasini o‘qigan ekanman.
Siz ham o‘qiganlaringiz bor ekanmi orasida?

@birgalikdakitoboqiymiz
104 viewsNigora Hudoyberganova, edited  17:57
Ochish/sharhlash
2023-01-03 09:44:50 #iqtibos
''O‘ninchi asrning atoqli musulmon olimlaridan andalusiyalik Ibn Rushd umri davomida faqat ikki kecha kitob o‘qimagan ekan: biri uylangan va ikkinchisi otasi vafot etgan kechada''.

''Tobeinlardan Urva ibn Zubayr roziyallohu anhu hayotida bir marta kitob (Qur'on) o‘qishni tark qilgan. O‘shanda qorason boshlangan oyog‘ini narkozsiz kesib tashlanganda hushidan ketib, kitob o‘qiy olmay qolgan...''

''Imom Buxoriy''
Ahmad Muhammad Tursun


@birgalikdakitoboqiymiz
114 viewsNigora Hudoyberganova, 06:44
Ochish/sharhlash