Get Mystery Box with random crypto!

#nihoya Muso ibn Horun Hammol shunday deydi:''Menimcha, I | Birgalikda kitob o‘qiymiz 📚📖📎

#nihoya
Muso ibn Horun Hammol shunday deydi:''Menimcha, Islom ahlining barchasi jamlanib, Muhammad ibn Ismoilga o‘xshash yana bir kishini yetishtirmoqchi bo‘lishsa, buni eplay olisholmaydi''.

Solih insonlardan birlari tushida Rasululloh sollallohu alayhi vassallamni ko‘rganida Rasul alayhissalom unga:''Sen nega Muhammad ibn Idrisning fiqhi bilan mashg‘ul bo‘lib, mening kitobimni tashlab qo‘yding?'' debdilar. O‘sha odam:''Ey Allohning Rasuli, sizning kitobingiz qaysi?'' deb so‘rabdi. Rasululloh sollallohu alayhi vassallam ''Sahihi Buxoriy'' debdilar.

2023-yil: 1- kitob.

@birgalikdakitoboqiymiz