Get Mystery Box with random crypto!

#Masalalar #Oziq_zanjiri Ma’lum bir o‘rmon hududida yashovchi | CENTER OF BIOLOGY

#Masalalar #Oziq_zanjiri
Ma’lum bir o‘rmon hududida yashovchi bo‘ri oilachasi populyatsiyasida urg‘ochi bo‘ri 35 kg, uning 3 ta sutdan chiqqan bolalari har biri 2 kg dan. Shu hududdagi quyonlar populyatsiyasida, 18 ta quyon mavjud bo‘lib, bitta voyaga yetgan oq quyonning massasi 3,5 kg, voyaga yetgan kulrang quyonning massasi 4,2 kg ni tashkil qiladi. Bo'ri oilasi bir oy davomida quyonlar populyatsiyasidagi barcha quyonlarni iste’mol qildi. Buning natijasida bo'rilar oilasi umumiy 7 kg semirdi. Birinchi bo‘ri bolasi ikkinchi bo‘ri bolasidan 1,33 marta kam go'sht iste’mol qilgan, ikkinchi bo'ri bolasi uchunchi bo'ri bolasidan 2 marta ko‘p go'sht iste’mol qilgan, ona bo'ri esa, bolalaridan 0,556 marta ko‘p go‘sht iste’mol qiigan bo‘lsa, umumiy kulrang quyonlar iste’mol qilgan o‘simlik va ona bo'ri iste’mol qilgan go‘shtning massa farqini aniqlang ? ( bitta sutdan chiqqan oq quyonning massasi 0,7 kg, sutdan chiqqan kulrang quyonning massasi 0,85 kg). Bo‘rilar voyaga yetgan quyonlami iste’mol qilgan.
Javob yo'llash - kamentariyada qoldiring...

PS: Javoblar tez orada yechilishi bilan kanalga joylanadi, to'g'ri javob topganlar IQ yuqori - masalalar to'plamiga ega bo'lishadi.

@biosans do'stlaringizga ham ulashing...