Get Mystery Box with random crypto!

YURAK haqida Inson yuragi sirlarga toʻla. Yoshi kattalarda | Bio olam 🌍 (official)

YURAK haqida
Inson yuragi sirlarga toʻla. Yoshi kattalarda u oʻrtacha 300 gramm boʻlsa, chaqaloqlarda taxminan 22 gramm ogʻirlikka ega. Yaʼni tana vaznining 0,8 foizini tashkil qiladi;
Yurak hajmini tushuntirish uchun oddiy va azaliy usul qoʻllaniladi – mushtingizni tuging, yuragingiz hajmini bilib olasiz. Endi oʻsha mushtingiz orasiga tennis koptokchasini olib bor kuchingiz bilan siqing va yurak qanday kuch bilan ishlashini anglaysiz;
Kattalarda minutiga yurak urishlar soni 60-85 ta boʻlsa, chaqaloqlarda bu koʻrsatkich 150 tagacha yetadi;
Ayollar yuragi erkaklarnikiga nisbatan tezroq uradi;
Inson oʻrtacha umri davomida yurak qon tomirlar orqali taxminan 1,5 mln barrel qon haydaydi. Oddiyroq tushunish uchun bu 200 sisterna(vagon)ga teng;
Yurakni quvvatlantirish, sogʻlom saqlash uchun yaxshi kayfiyat zarurligi allaqachon oʻz isbotini topgan. Masalan – kulgi tomirlar tarangligini pasaytiradi, bu esa qon aylanishini yaxshilaydi.

BIO OLAM

https://t.me/bioolam_official