Parazit bakteriyalar tirik organizm hisobiga yashab hayot kech | Biologiya_Kimyo||DTM
Parazit bakteriyalar tirik organizm hisobiga yashab hayot kechiradi.Parazit bakteriyalar odamda sil, vabo, o‘lat, ichburug‘, qoqshol kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Yuqumli kasalliklarning yoppasiga tarqalishi epidemiya deyiladi.Epidemiyaning oldini olish uchun karantin e’ lon qilinadi, ya’ ni odamlarning to ‘planishi, bemor oldiga ko‘pchilikning kirib-chiqishi taqiqlanadi. Bemorning idish tovoqlari,sochig‘i alohida tutiladi va bakteriyalardan tozalovchi moddalar yordamida yuviladi. Kasal bo‘lmaslik uchun gigiyenaqoidalariga rioya qilish, ovqatlanishdan oldin doimo qo‘lni sovunlab yuvish zarur. Ayrim o‘simliklar bakteriyalarga qarshi fitonsid modda ajratadi. Masalan, archa, terak o‘zidan ajratgan fitonsid modda bilan havoni zararli bakteriyalardan tozalaydi. Bakteriyalar tabiatda katta ahamiyatga ega. Insonlar foydali bakteriyalardan amaliyotda foydalanadi, zararlilariga qarshi kurashadi.
Yoqqan boʻlsa layk bosing @Shuhrat_Gayratovich @Biologiya_kimyoDTM
🗣️Diqqat faqat siz uchun✔️. 🌈DTM standartlari 🚥asosida ⭐. 🧠Biologiya va Tibbiyot 🏥. 🎓Kimyo va Reaksiyalar 🧫. 🥇Quiz testlar va viktorinalar 🏆. 📬Kun savollari va ma...