Get Mystery Box with random crypto!

Shveytsariya oliy ta’limining eng kuchli jihati amaliyotga yo‘ | Vizitka Ilmiy Biologiya

Shveytsariya oliy ta’limining eng kuchli jihati amaliyotga yo‘nalganligidir. Bu yerdagi davlat universitetlari aniq fanlar va huquq sohasida o‘qitish bo‘yicha mashhur. Shveytsariyadagi birinchi universitetga 1460-yili Bazelda asos solingan bo‘lib, bugun mamlakatda 12 ta davlat va bir qancha xususiy oliy o‘quv yurtlari mavjud.

Universitetda talabalar tanlagan fakultet va mutaxassisligiga ko‘ra 4-6 yil davomida tahsil oladi. Aytish joizki, Shveytsariyada boshqa Yevropa mamlakatlari va Ameri­kadagi kabi gigant universitetlar yo‘q. Mamlakatdagi eng katta universitet Syurixda bo‘lib, unda 20 ming talaba o‘qiydi. Qolgan universitetlarda esa talabalar soni undan bir necha barobar kam. Bu yerda bir qancha xalqaro xususiy universitetlarning filiallari ham mavjud. Ularni tamomlagan bitiruvchilarga litsenziat darajasi beriladi. U maqomiga ko‘ra magistr darajasiga teng. Doktorlik darajasini olish uchun esa yana 3 yil o‘qish kerak.

Ammo universitetlarning tibbiyot fakultetlariga xorijlik talabalar deyarli qabul qilinmaydi. Chunki mamlakatda bu soha ancha ommalashgan bo‘lib, joylarni mahalliy talabalarning o‘zi band etishiga imkoniyat yaratilgan. Farmakologiya, fiziologiya va stomatologiya mutaxa­s­sisliklari uchun ajratilgan o‘rinlar ham faqat shveytsariyalik talabalarga beriladi. Aytgancha, Shveytsariyada abituriyentlarni baholashda aniq mezonlar mavjud emas va har bir oliy o‘quv yurti bu masalaning yechimini o‘zi hal etadi.


@ilmiy_biologiya