Get Mystery Box with random crypto!

#KUN_MAVZUSI TUYOQLI SUTEMIZUVCHILAR. Tuyoqli Sutemuzuvchil | KIMYO | Biologiya 2023

#KUN_MAVZUSI

TUYOQLI SUTEMIZUVCHILAR.

Tuyoqli Sutemuzuvchilarni 2 guruxga ajratamiz.
1. Juft tuyoqlilar turkumi.
2. Toq tuyoqlilar turkumi.

Juft tuyoqlilarni ikki guruxga bo'lamiz.
1. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar.
2. Kavsh qaytarmaydigon juft tuyoqlilar.

Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar.
Oshqozoni 4 bo'lmali , o'simlikxo'r xayvonlar.
- > oziq og'iz bo'shlig'iga tushib yaxshi chaynalmasdan oshqozonga tushadi.
- > oshqozonda bakteriyalar va infuzoriyalar tasirida kletchatka xazm bo'ladi va oziq og'iz bo'shlig'iga qaytariladi.
- > og'iz bo'shlig'ida tishlar yordamida yaxshilab chaynaladi va ichakka tushib hazm bo'ladi.
Vakillari :
- > Sigir - > Sayg'oq
- > Qo'y - > Jayron
- > Echki - > Bug'u
- > Zubr - > Xongul

- > Jayron ( Ohu yoki G'izol. O'zbekiston cho'llarida yakka - yakka , juft - juft , 30 tagacha to'da bo'lib yashaydi. Jayron mazali go'shti uchun ovlangan. )
- > Buxoro bug'usi ( Xongul. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilarga mansub , Xozirda faqat Qizilqum qo'riqxonasida , Termiz yaqinidagi Payg'ambar orolida boqilmoqda.
- > Sayg'oq ( Ustyurt dashtida uchraydi. )

Kavsh qaytarmaydigon juft tuyoqlilar.
Qoziq tishlari kuchli rivojlangan. Oshqozoni bo'limlarga bo'linmagan.
- > Yovvoyi cho'chqa ( To'ng'iz. Uzunligi 180 sm vazni 200 - 240 kg keladi. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. O'zbekistonda tog'li joylarda va to'qaylarsa tarqalgan. O'simliklar ildizi va tugunaklari , to'kilgan mevalar , hasharotlar va boshqa mayda jonivorlar bilan oziqlanadi. Bolasi yo'l - yo'l tusda. To'ng'iz xonaki cho'chqalar naslboshisi hisoblanadi.
Begemot - > Tropik Afrikada tarqalgan.

Toq tuyoqlilar turkumi.
Oyog'ida bitta yoki uchta barmog'i mavjud. Lekin faqat uchinchi barmog'i kuchli rivojlangan. Oshqozoni sodda tuzilgan. Ko'richak o'simtasi kuchli rivojlangan.
- > Prejevalskiy oti ( XX asr o'rtalarigacha Markaziy Osiyo ( Mog'uliston va Xitoy ) cho'llarida yashagan. Tanasining uzunligi 230 sm , bo'yi 130 sm keladi. Xozirda faqat qo'riqxonalarda uchraydi.
- > tarpan ( Xonaki otlar naslboshisi xisoblanadi. )
- > Tapir ( Janubiy Amerika va Janubiy - Sharqiy Osiyodagi o'rmonlarda yashaydi. )
- > Karkidon ( Tropik Afrika va Janubiy Osiyoda tarqalgan.


@biologiya_kimyo2023