Get Mystery Box with random crypto!

Temperamentlar (Pavlov) Xolerik — Kuchli, muvozanatlashmaga | BIOLOGIYA KANALI | Rasmiy

Temperamentlar (Pavlov)

XolerikKuchli, muvozanatlashmagan tipdagi odamlar kuchli ta’sirchan, xulq-atvori murakkab boʻladi. Ular serharakat, urushqoq, tez o'rtoqlashadigan va urushib qoladigan, arzimas narsaga xafa boʼladigan, vaqti xush bo‘lganida o‘z-o‘zidan kuladigan, o‘zicha ashula xirgoyi qilib yuradigan bo‘lishadi.

Sangvinik — Kuchli muvozanatlashgan, harakatchan tipdagilar hozirjavob, vaziyatni tez baholaydigan, xushchaqchaq va xushmuomala boʼladi.

Flegmatik — Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tipdagilar yuvosh va vazmin boʼlishadi. Ular har bir ishni o'ylab, oxirigacha bajarishadi. I P. Pavlov bunday odamlarni «hayot zahmatkashlari» deb atagan.

Melanxolik — Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tipdagi odam kamharakat, uning xatti - harakati ishonchsiz, his-tuyg‘usi chuqur va turg‘un, lekin tashqi tomondan ko'zga tashlanmaydi. Ular nozik ishlarni qoyil qilib bajarishadi

Muhammadali Boltaboyev

@BIOLOGIYA_KANAL | Abituriyentlar uchun foydali kanal

Doʻstlaringizga ham ulashing