Get Mystery Box with random crypto!

#Ayrimatamalar #Yodoling Allofen – allo (yunoncha allos – | BIOLOGIYA DTM 2022 - 2023 YECHIMLARI

#Ayrimatamalar #Yodoling

Allofen – allo (yunoncha allos – boshqa, yot) gen mutatsiyalari emas, balki somatik gibridizatsiya yoki transplantatsiya natijasida hosil bo‘lgan, genetik jihatdan aralashgan fenotip. Allofen iborasi 1955-yilda Y. Xadorn tomonidan kiritilgan.
Batsidiya — yopishqoq lishaynik
Batsilla – tayoqchasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan bakteriya
Divergensiya — belgi va xossalarning bir-biridan farqlanishi
Ekssiziya – (inglizcha “excision” – chiqib ketish) profagning bakteriya genomidan chiqib ketish jarayoni.
Endonukleaza – DNK zanjirining kesuvchi qismlari (restriktaza).
Genlar dreyfi – tasodifiy sabablar ta’sirida populatsiya genetik tuzilishining o‘zgarishi – genetik avtomatik jarayon.
Genlarni klonlash – ko‘zlangan DNK bo‘lagini vektorlar vositasida ko‘paytirish.
Genofond – populatsiyaga kiruvchi organizmlarning genlar to‘plami.
Genom – xromosomalarning gaploid to‘plamidagi genlar majmuasi.
Interferon – virusli kasalliklarda organizm hujayralarida hosil bo‘ladigan oqsil.
Kallus to‘qima – hujayralarning bo‘linishidan hosil bo‘lgan, deyarli ixtisos lashmagan hujayralar massasi.
Kariotip – u yoki bu turga xos bo‘lgan xromosoma to‘plami belgilarining yig‘indisi.


@BIOLOGIYA_DTM_YECHIMLARI