Get Mystery Box with random crypto!

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro | O'qing_va_talaba_bo'ling (اقرأ وكن طالبًا إن شاء الله)

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Bugun, 24-oktabr kuni matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 12-noyabrga qadar davom etadi.

Bunda talabgorlar test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish huquqiga ega.

Shuningdek, talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Hududlardagi test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imi cheklangan bo‘lib, talabgorlar mazkur sig‘imdan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

Shu sababli har bir fan bo‘yicha birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan ma’lum miqdordagi talabgorlar test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Test sinovlari matematika va biologiya fanlaridan — 4-dekabr kuni, kimyo va fizika fanlaridan — 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube