Get Mystery Box with random crypto!

Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan farqlanib, quyidagi asosiy | @BioDunyo_N1

Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan farqlanib, quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:

1.Moddalar almashinuvi - metabolizm ikki xil
jarayonning yig‘indisi: 1) assimilyatsiya - sintez reaksiyalari,masalan,oqsil biosintezi,fotosintez.Bu jarayonda energiya sarflanadi;
2)dissimilyatsiya parchalanish reaksiyalari, masalan,ovqat hazm qilish
sistemasida oqsil,yog‘, uglevodlarning o‘z tarkibiy qismlarigacha parchalanishi. Bunda energiya hosil bo‘ladi

2.Oziqlanish-tirik organizmlar oziqlanishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi:1)avtotrof - bunga o‘z oziqasini o‘zi sintezlaydigan yashil o‘simliklar va ayrim bakteriyalar misol bo‘ ladi;2)geterotrof-tayyor ozuqa bilan oziqlanadigan organizmlar. Ularga ko‘pchilik bakteriyalar, zamburug‘ va hayvonlar kiradi

3.Nafas olish - ko‘pchilik tirik organizmlar kislorod yutib,
karbonat angidrid ajratadi. Quruqlikda yashovchi organizmlar atmosferadagi kislorod,suvda yashovchi organizmlar esa suvda erigan kislorod bilan nafas oladi

@Shuhrat_Gayratovich
@BioDunyo_N1