Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda biologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan | @BioDunyo_N1

O‘zbekistonda biologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlarimiz juda ko‘ p.

Jumladan, akademik Yolqin
Xolmatovich To‘raqulov
qalqonsimon bez faoliyatini o‘rgangan. U osh tuziga yod q o ‘shish orqali buqoq kasalligini oldini olish usulini ishlab chiqqan.

Akademik Jahongir Hakimovich Hamidov sitologiya sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shgan.

Jo‘ra Azimboyevich Musayev - akademik, genetik olim.Dunyoda birinchi
bo‘lib g ‘o‘za kolleksiyasini yaratgan.


Muhsin Nabixonovich Valixonov - b.f.d., professor, g‘o‘za fiziologiyasini o‘rgangan.

Mashhura Egamovna Mavloniy - akademik, mikrobiologiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan. O‘rta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratdi.

Jaloliddin Azimovich
Azimov - akademik,
zoologiya sohasida hayvon parazitlarini o‘rgangan.

To‘raxon Uzoqovna
Rahimova
- professor, botanik-ekolog olima.
O‘zbekistondagi cho‘l va adir o‘sim liklarining
ekologiyasini aniqlagan.


O‘ktam Pratovich
Pratov O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, b.f.d., professor, Turon Fanlar akademiyasi

akademigi, botanika fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olim.

Yoqsa layk bosing

@Shuhrat_Gayratovich
@BioDunyo_N1
Manba bilan olinsin iltimos