Get Mystery Box with random crypto!

Sen yaratgan olamu inson go'zal, Sen yuborgan Mustafo, Qur'on | Bintu Abdurishod sahifasi🌷

Sen yaratgan olamu inson go'zal,
Sen yuborgan Mustafo, Qur'on go'zal,
Sen buyurgan har amal, iymon go'zal,
Ruhlar ichra sunganing vijdon go'zal,
Bu go'zalliklar jamolingdan Sening!

Har ishing, har so'zu ahkoming buyuk,
Ham jazoying, hamda in’oming buyuk,
Qilganing insonga ikroming buyuk,
Jannatingdek dini Isloming buyuk,
Bu buyukliklar jalolingdan Sening!

Sen yaratmish ikki dunyoying tugal,
Har sifoting, hamma asmoying tugal,
Barcha manglaylarda imloying tugal,
Dillar ichra chekkan imzoying tugal,
Bu tugalliklar kamolingdan Sening!

Husaynxon Yahyo Abdulmajid