Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 26-29-iyul kunlari Xalq ta’limi vazirligi tomoni | bimm.uz

Joriy yilning 26-29-iyul kunlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Milliy o‘quv dasturi va yangi avlod darsliklarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha uch kunlik seminar-treningi bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi rahbari Z.Mirzayeva hamda markazning katta o‘qituvchisi, Buyuk Britaniyaning London universiteti Pedagogika, oʻquv dasturlari va baholash boʻyicha magistri K.Djalilov 6,7 va 10-sinf Adabiyot darsliklari mualliflari sifatida ishtirok etib, Milliy o‘quv dasturi va Adabiyot darsliklaridagi yangiliklar, ularning bugungi kun o‘quvchisi uchun ahamiyati haqida Respublikaning turli viloyat va tumanlaridan tashrif buyurgan eng ilg‘or ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga ma’lumotlar berishdi. Adabiyot darsligining yangicha yo‘nalishdagi nashri o‘qituvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Youtube | Sayt