Get Mystery Box with random crypto!

Farg'onada sanoat korxonasi Gazda uzib qoyilgani uchun ishsiz | Biloldin Blog

Farg'onada sanoat korxonasi Gazda uzib qoyilgani uchun ishsiz qolgan korxona ishchilari norozilik qilib to'planishti, oqibatda ularni qamab qo'yishdi lekin aslida..

33-modda
Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega

Ps/ korxona ishchilarini qo'zgolon qilishi qonunan mumkun, ularni toxtatish tarqatish mumkun edi,
Ammo qamashga qonunan hech kimi haqqi yo'q edi.

34-modda
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Ularni erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

Ps/ korxona ishchilari jamoat bo'lib birlashishi, ommaviy harakatda ishtirok etishi qonunan mumkun edi, ularni qamashga haqlari yo'q edi

30 - modda
O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

Ps/ korxona ishchilariga, nima uchun ularga Gaz berilmagani yuzasidan, hujjat qaror bilan tanishtirishi lozim edi, qamashi emas...

37 - modda
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Ps/ korxona ishchilari ishsiz qolgani uchun, qonunda sorsatilgan tartibda ishsizlikdan himayalanishi mumkun edi, tepadagi qonunlarga muofiq !


Yangi o'zbekistonda qonun bormi o'zi, sovuqda gazsiz ishsiz qolgan bechora xalqni nega qamashdi qaysi qonunga muofiq qamashdi ular qaysi qonunni buzdi, ahir hamma qonunlar ularni foydasiga bo'lib turibtiku, qaysi sudya ularga qamoq jazosi berdi, 30, 33, 34, 37 chi moddalar esidan chiqb qolganmi sud qilayotganda, o'zi sud qilinganmidiii...
Shumi demokratiya shumi inson qadri uni huquqi,

O'zbekiston go'zal go'shadir
Adolati o'sha o'shadir...

Xalqimga hurmad bilan
Biloldin_Jo'rayev
Adolatsizlik qurboni bo'lmaslik uchun Qonunlarni yodlab oling !

@biloldin_blog