Get Mystery Box with random crypto!

2-Qadam | Social Media Stratgy Ijtimoiy media strategiyasi - | Bilol alixan | Blog

2-Qadam | Social Media Stratgy

Ijtimoiy media strategiyasi - bu kompaniya yoki brendning maqsadlarini shakllantirish va ijtimoiy tarmoqlar orqali ularga erishish rejasini tuzish jarayonining tizimlashtirilishi tushuniladi.

U odatda ijtimoiy tarmoqlarda reklama kampaniyaniyalarini o'tkazilish tartibi va vaqtini tartibga soluvchi hujjat shaklida tuziladi.

Ijtimoiy media strategiyasikompaniya yoki brendning umumiy strategiyasini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va global maqsadlarga erishishga yordam beradi.

Ijtimoiy media strategiyasining elementlari

– Maqsadlar va vazifalar
Ijtimoiy tarmoqlardan reklama uchun foydalanish natijasida kompaniya qanday natijalarga erishishi kerak.

Maqsadli auditoriya
Turli xususiyatlarni hisobga olgan holda maqsadli auditoriyani segmentatsiyalash.

- Ijtimoiy media sizga maqsadli audiotoriyalarni sozlash imkonini beradimi?
Faqat kerakli auditoriya segmentini tanlsh orqali siz o’z maqsadingizga erisha olasiz va bu Maqsadli auditoriyaning barcha parametrlari ya’ni mijoz portreti hujjatda ya’ni strategiyaga kiritilishi kerak

– Aloqa kanallari
Strategiyani ishlab chiqishda ijtimoiy tarmoqlarda ham, tanlash uchun juda ko'p turli xil kanallar mavjud.
Guruhni reklama qilish, maqsadli reklama yoki hamkorlik dasturi asosidagi reklamalar - bu barcha kanallardan foydalanish turlari va tartibi hujjatda ko'rsatilishi kerak
.

– Byudjet
Qoidaga ko'ra, ijtimoiy media kampaniyasining umumiy qiymati oldindan yoziladi ya'ni Biznes egasi tomonidan Ijtimoiy media kompaniyasi yoki guruhiga qanchadir miqdordagi ajratilishi kerak bo'lgan mablag qiymati.

– Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali Ijtimoiy tarmoqlarda postlarni chop etish vaqtlari, maqsadli reklama sanalari va vaqtlari, aksiyaning umumiy davomiyligi yozilgan hujjat.

Ushbu va boshqa ko'plab elementlar ijtimoiy media strategiyasini ishlab chiqishda hujjatga yoziladi.

Kelgusida ijtimoiy tarmoqlarda kampaniyaning samaradorligi oldindan belgilangan mezonlar bo‘yicha baholanadi.

Ijtimoiy media strategiyasini ishlab chiqmasdan turib, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday faoliyati boshqarib bo'lmaydigan va oldindan aytib bo'lmaydigan bo'ladi. Shuning uchun bunday hujjat istalgan natijaga erishish uchun reklama kampaniyasi boshlanishidan oldin tuzilishi kerak.

P.s/ Bu dars siz uchun murakkab va tushunarsiz bo'lishi aniq sababi ushbu mavzu kichik mavzu bo'lmaganligi va bu mavzuni kichik darslar orqali kengroq tushuntirib beramiz

@bilolalixanblogs | Marketing biznesni yuqumli virus kabi tarqatuvchi vositadir.