Get Mystery Box with random crypto!

Do'koningiz marketpleyslar bilan hamkorlik qiladimi? Market | BILLZ UZ

Do'koningiz marketpleyslar bilan hamkorlik qiladimi?

Marketleys - bu tovarlarni sotish va sotib olish uchun mo'ljallangan onlayn platforma. Ularda do'konlar o'z tovarlarini joylashtiradi, xaridorlar esa narxi, xususiyatlari va boshqa parametrlari bo'yicha o'zlari uchun mos mahsulotlarni tanlaydi.

Ayni paytda O‘zbekistonda savdoning ushbu formati tobora ommalashib bormoqda, sababi marketpleyslar kiyim-kechak, poyabzal va aksessuar sotuvchilari uchun ham, xaridorlari uchun ham qulay hisoblanadi.

Mijozlarni keng tanlov, buyurtmani rasmiylashtirish va olishning qulayligi o'ziga jalb qiladi. Marketpleyslar do'konlarni nima bilan jalb qila oladi?

Ishga tushirish tezligi: siz onlayn savdoga bir necha soat ichida o'tishingiz mumkin, ayniqsa marketpleys siz foydalanayotgan hisob-kitob dasturi bilan integratsiya qilingan bo'lsa. Bu sizga qoldiqlar bo'yicha ma'lumotlarni bir zumda o'tkazish va mahsulotlarni real vaqt rejimida sotish imkonini beradi.

BILLZ dasturini O‘zbekistondagi eng mashhur marketpleyslar bilan integratsiya qilish mumkin. Shu sababli bizning mijozlarimiz onlayn savdoga osonlik bilan o‘tishi va savdo hajmini oshirishi mumkin.

Kamroq bosh og'rig'i: marketpleyslar bilan hamkorlik natijasida chakana sotuvchilar texnik/axborot qo'llab quvvatlash ishlarini o'zlari bajarishi shart emas. Bu kabi muammolarning barchasi marketpleyslar tomonidan hal qilinadi.

Resurslarni tejash: marketpleyslar qidiruv natijalarida doim yuqori qatorlarni egallaydi. Internet do'konlari bunday natijaga erishish uchun bir necha oylar yoki yillar talab etilishi mumkin.

Sanab o'tganlarimiz marketpleyslardan foydalangan holda onlayn savdoga o'tishning barcha afzalliklari emas.

Doʻkoningizni osonlik bilan internetga olib chiqishni va daromadingizni oshirishni xohlaysizmi? BILLZ hisob-kitob dasturiga ulaning va marketpleysarda sotishni avtomatik ravishda va deyarli bir zumda boshlang

Hoziroq ulanish uchun soʻrov qoldiring billz.uz