Get Mystery Box with random crypto!

Bilimlar.uz

Telegram kanalining logotibi bilimlaruzofficial — Bilimlar.uz B
Telegram kanalining logotibi bilimlaruzofficial — Bilimlar.uz
Kanal manzili: @bilimlaruzofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.61K
Kanalning ta’rifi

https://bilimlar.uz/ saytining telegram kanaliga xush kelibsiz. Siz barcha fanlardan ta'lim resurslari: referatlar, taqdimotlar, kurs ishlari, dars ishlanmalar to'plami, darsliklar, kitoblar, testlar to'plamini.
Biz bilan bog'lanish uchun: @OBSh_admin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-13 21:52:52 #Qabul2022 #Natija
Beshinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 12-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

12-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
1.1K views18:52
Ochish/sharhlash
2022-08-11 21:50:40 #Qabul2022 #Natija
Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 10-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

10-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
995 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-08-10 22:01:41 #Qabul2022 #Natija
Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 9-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

9-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Test natijalari 2022 bilish tartibi https://bilimlar.uz/mandat-dtm-uz-test-natijalari-2022-bilish-tartibi/

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
1.0K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-08-05 12:51:44 Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni

Bugun talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

Talabalar bugun (5-avgust) 23:59 ga qadar my.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin.

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

DTM
1.1K views09:51
Ochish/sharhlash
2022-08-03 23:46:37
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Abituriyentlarga ruxsatnomani yuklab olish tartibi batafsil. osongina yuklab oling.

https://bilimlar.uz/abituriyent-ruxsatnomasi-yuklab-olish-2022-my-dtm-uz-tartibi/

Abituriyentlarga ulashing

@bilimlaruzofficial
1.2K views20:46
Ochish/sharhlash
2022-08-03 19:35:59 #Qabul2022
Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.
1.1K views16:35
Ochish/sharhlash
2022-08-02 12:21:39 #Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

Оta-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli imtihon vaqti 1 soat oldinga surildi

Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 17:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
985 views09:21
Ochish/sharhlash
2022-07-29 20:55:00 #Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangilangan ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
1.1K views17:55
Ochish/sharhlash
2022-07-28 07:18:20 #Qabul2022
Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat

2022-yil 27-iyul kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

27-iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Unga ko‘ra test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
1.1K views04:18
Ochish/sharhlash
2022-07-28 05:07:06 ​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha)

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

Shundan:

395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar.
Samarqand viloyati — 133 610 nafar.
Toshkent viloyati — 116 251 nafar.
Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar.
Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar.
Andijon viloyati — 79 235 nafar.
Namangan viloyati — 77 607 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar.
Jizzax viloyati — 74 346 nafar.
Toshkent shahri — 68 545 nafar.
Buxoro viloyati — 67 663 nafar.
Xorazm viloyati — 64 351 nafar.
Navoiy viloyati — 54 512 nafar.
Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar.

DTM
962 views02:07
Ochish/sharhlash