Get Mystery Box with random crypto!

Jamoaviy o'yin haqida: Qatnashishi mumkin bo'lgan jamoalar son | Intellekt bilimdonlar klubi!

Jamoaviy o'yin haqida:
Qatnashishi mumkin bo'lgan jamoalar soni maksimum 100ta. Hozircha ro'yxatdan o'tgan jamoalar 67ta!
Jamoaviy bahslar 19-mart kuni 10-00da boshlanadi. Jamoaviy bahslarda 5ta turda jami 60ta savol o'qiladi. Turlar va apelyatsiya jarayoni tugagach sovrinli o'rinlar uchun tenglik kuzatilsa qo'shimcha savollar o'ynaladi!
Jamoaviy bahslar uchun minimum 4, maksimum 7 kishidan iborat jamoa tuzish mumkin.
Jamoaviy bahslarda g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar
3-o'rin egallagan jamoa TV (32) bilan (jamoaning har bir ishtirokchisi),
2-o'rin egallagan jamoa TV (43) bilan
(jamoaning har bir ishtirokchisi),
1-o'rin egallagan jamoa Noutbuk bilan (jamoaning har bir ishtirokchisi) taqdirlanadi.
Shuningdek, bir qator kutilmagan sovg'alar jamoalarni kutmoqda!
Jamoalarni ro'yxatga olish 12 mart kuniga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Ro'yxatdan o'tgan jamoalardan qaysi biri kelolmasa oldinroq bildirishini iltimos qilamiz!