Get Mystery Box with random crypto!

Markaziy Osiyoning bugungi xaritasini chizib bergan «Katta o‘y | Bilim bilan

Markaziy Osiyoning bugungi xaritasini chizib bergan «Katta o‘yin" haqida eshitganmisiz? Bu mintaqadagi xonliklarni o‘ziga vassal va mustamlakaga aylantirish uchun ikki qudratli imperiya - Chor Rossiyasi va Britaniya o‘rtasida kechgan kurash "Katta o‘yin"ga asos bo‘ldi.

Qo‘lingizdagi ushbu kitob mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy o‘yinlar, qonli janglardan hikoya qiladi. Hikoya bo‘lganda ham voqealarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan shohidlarning hikoyalari.

Geosiyosiy bir o‘yin tarzida kechgan bu kurashda tomonlar kim ko‘proq va kattaroq hududni egallash payida edi. Chor Rossiyasi Hindistonga chiqish, inglizlar tasarrufidagi hududni o‘ziniki qilishni ko‘zlasa, Britaniya imperiyasi bunga goh bufer davlatlar yaratish, goh Hindiston mulki chegaralarini kengaytirish orqali qarshi turadi. Rossiya ham inglizlar egallab olmasidan burun xonliklarni o‘z imperiyasiga qo‘shib olishga oshiqadi.

Buyuk britaniyalik yozuvchi, tarixchi va jurnalist Piter Hopkirk Markaziy Osiyo va Kavkazga bir necha bor xizmat safari bilan kelgan. U olib borgan tadqiqotlarning katta qismi Britaniya kutubxonasining Hindiston ishlari bo‘yicha arxivida saqlanadi.

Hopkirkning "Katta o‘yin: ikki imperiya to‘qnashuvi" asari ilk bor 1990 yilda chop etilgan