Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin Taʼ | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun:
Kreditga ariza yuborishda arizachi:
• pasporti yoki ID raqami;
• Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);
• FISH kiritiladi.

Manzil:
— Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;

Kredit maʼlumotlari:
— Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.

Kredit olish jarayoni quyidagicha:
● Onlayn ariza qoldirish;
● Arizani ko‘rib chiqish;
● Hujjatlarni rasmiylashtirish;
● Kredit ajratish.

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi