Get Mystery Box with random crypto!

TALABA BOʼLISHDAN AVVALGI KUNLARNI ESLAYSIZMI... Ilk bor tan | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

TALABA BOʼLISHDAN AVVALGI KUNLARNI ESLAYSIZMI...

Ilk bor tanlagan fan va kasbingizni?!
Jahl qilib, "oʼqimayman" deganlaringizni?!
Darsga tushunmasangiz, umidsizlikga tushganingizni?!
"Kam telefon ishlat"- deb oyingizdan tanbeh eshitganlaringizni?!
"Yaxshi ovqat ye, bolam"-deb aytilgan so'zlarni?!
Sinov testlaridan kam yechsangiz hafa boʼlganlaringizni?!
Duolarda doim o'qishga kirishni aytganlaringizni?!
Har duoda "1-o'rin grant!" deb so'raganlaringizni?!
Ovqat yo'q bolsa, 'rolton' yeganlaringizni?!
TV ko'rolmay, vaqtni qizg'onganlaringizni?!
O'qishga kiray deb, voz kechgan tug'ilgan kun, to'y, tadbirlardan qolganingizni?!
Begona yigit, qizlar bilan o'qib, do'st tanish orttirganingizni?!
O'qishga kirish uchun joningizni berib o'qiganingizni?!
O’qishga kirsam - u qilaman, bu qilaman, deya orzular qilganingizni?!
Formada talaba nomini olganingizni tasavvur qilganingizni?!
Kundalik rejalar tuzganingizni?! juda ko'p ...

ESINGIZDAMI...
Shu kunga yetguncha qancha qiynalganlarimiz ?!?!
Ko’z yosh to’kkanlarimiz ?!?!
Boshimiz devorga urilib, aqlimiz kirganlari ?!?!

ESINGIZDAMI HAMMASI
Endi buning qadriga yetaylik, aziz do’stlar!
Bilim olish TALABA bo‘lgancha emas, aynan talabalik davrida beriladigan oltin vaqtdir!
Bu kunga yetganlar bor.... yetmaganlar bor....


VAQTNI BEHUDAGA SARFLAMANG! UNDAN UNUMLI FOYDALANING!


Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi