Get Mystery Box with random crypto!

Qabul-2023: Abituriyentlar uchun 29.000 ta yangi test tayyorla | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Qabul-2023: Abituriyentlar uchun 29.000 ta yangi test tayyorlandi. Salkam 4.000 nafar nazoratchi ishga olindi!

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri va vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatidagi tizimli muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan

2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.

Shuningdek, test sinovlari oʻtkaziladigan 15 ta umumtaʼlim fanidan 26 520 ta va qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tillardan 2 400 ta test topshirigʻi shakllantirildi va ekspertizadan oʻtkazildi. Keng jamoatchilik orasidan test sinovlarida guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtgan 8 956 nafar talabgordan 4.000 nafarga yaqini saralab olindi va ular bilan shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.


Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi