Get Mystery Box with random crypto!

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

2023-yil 14-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Barcha abituriyentlarga ulashing!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi