Get Mystery Box with random crypto!

“Sovuq hech narsa emas, bilim – hamma narsa” – maktabgacha 5 k | bilgilki

“Sovuq hech narsa emas, bilim – hamma narsa” – maktabgacha 5 km yo‘l bosib o‘tgan 8 yoshli bolakay hikoyasi

Xitoyning qahramoniga aylangan 8 yoshli Vang Fumanning imtihon uchun qanday yo‘l bosib o‘tgani va u sabab maktabga isitish tizimi o‘rnatilgani haqidagi voqea bilan tanishing.

Uch yil muqaddam maktab o‘qituvchisi internetga joylagan surat dunyo jamoatchiligini hayajonga solgan edi. Suratda 3-sinf o‘quvchisi – sochlari muz (bulduruq) bilan qoplangan, yonoqlari qip-qizil bola tasvirlangandi. Unga nima bo‘lgandi?

Kichkina bolakayning kuchli irodasi haqida hikoya

Boshlang‘ich maktab o‘quvchisi Vang Fuman buvisi va opasi bilan Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi shaharchada yashar edi. Bu shaharcha tog‘lar bag‘rida joylashgan bo‘lib, taraqqiyotdan uzilib qolgan joy edi.
Vang hali chaqaloqligidayoq ota-onasi ishlagani ketishga majbur bo‘ladi. Otasi uyga 3-4 oyda bir kelar, tinimsiz mehnat qilganiga qaramay, ko‘p pul topolmasdi. Oila shunday muhtojlikda yashaganki, farzandlariga oddiy bosh kiyim sotib olishga ham qurbi yetmagan.

Vang opasi bilan uyining yonida
Ta’lim olish – qashshoqlikdan qutulishning yagona yo‘li deb bilashardi.

Vang har kuni Chjaotun kichik shaharchasidagi maktabga deyarli 5 kilometr (4,8 km) yo‘lni piyoda bosib o‘tadi. Tog‘da ayniqsa, yanvar oyida havo harorati juda sovib ketadi. Imtihon topshiriladigan kun bo‘lgani uchun Vang izg‘iringa qaramay bosh kiyim va qo‘lqopsiz, yengil kurtkada yo‘lga tushadi.

Bolakay maktabiga yetib kelib, sinfiga kirganida saboqdoshlari baravariga kulib yuborishadi. Chunki uning sochlari, qoshlari va kipriklarida muz qotib qolgan, yonoqlari qip-qizarib ketgandi. Axir 9 daraja sovuqda boshyalang, yupun holda shuncha yo‘lni bosib o‘tishning o‘zi bo‘ladimi?!
Vangning xuddi shu surati uni mashhur qildi
Izg‘irinda kelganiga yarasha Vang Fuman imtihonda 100 balldan 99 ball olgan. Bu ballni olish unga oson bo‘lmagan, albatta. Chunki, u surunkali hipotermiyadan aziyat chekkan. Bu – doimiy sovuqdan kelib chiqqan issiqlik yetishmasligi kasalligi.

Uy – sovuq, maktab – sovuq, issiq kiyimi ham bo‘lmagan bolakayda issiqlik yetishmasligi tabiiy! Kasallik natijasida uning qo‘llari shishadi va barmoqlarini qimirlatolmay qoladi. Shuning uchun Vangga tengdoshlariga qaraganda o‘qish ikki karra qiyin.
Maktabda isitish tizimi bo‘lmagani uchun ham bolalar sovuq kunlarda doim qalin kiyimlarda o‘tirishardi. Vangga o‘xshagan bolalar esa sovuqdan aziyat chekishardi.

Surati ijtimoiy tarmoqqa joylanganidan so‘ng Vang Fuman bir zumda mashhur bo‘lib ketdi. Voqea ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga sabab bo‘ldi va odamlar bola uchun pul yig‘a boshlashdi. Jami 3 million yuan yig‘ildi. O‘sha paytda bu 450 ming dollar edi. Yig‘ilgan pul maktabga isitish tizimi o‘rnatish, Yunnan provinsiyasining kambag‘al bolalari uchun issiq kiyim-kechak sotib olish va uylariga isitish moslamalari o‘rnatishga sarflandi.
Vangning maktabidagi fan laboratoriyasi, rasm va kompyuter sinflari jihozlab berildi. Shuningdek, sport anjomlari sovg‘a qilindi.
Maktab yonida uzoq yo‘l bosib keladigan Vang singari bolalar uchun issiq yotoqxona qurildi. Bu ishga mahalliy hokimlik ham bosh qo‘shdi.
Chekka hududlardan kelgan bolalar uchun maktab yonida yangi yotoqxona qurildi.
Vangni opasi bilan poytaxt bo‘ylab sayr qilishga olib kelishdi. Bolakay hayotida birinchi marta skuter mindi, samolyotda uchdi. U ilk bor o‘zi o‘sgan kambag‘alyaa turmush tarzidan tashqaridagi hayotni ko‘rdi. Ayniqsa, u uylarning issiq ekani, ichkarida qalin kiyimlarsiz o‘tirish mumkinligidan g‘oyat xayratlandi.
Vang bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida u shunday degandi:
“Pekinda uylar shunchalik issiqki, bitta ko‘ylakda yurish mumkin! Uyda biz kurtkalarda uxlab, kechasi ham ko‘mir yoqamiz. Bu juda ajoyib! Buni birinchi marta ko‘rishim”.

Intervyuda Vang kambag‘al bolalarni sovuqdan qutqarish uchun pul yig‘ishga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi. Ulg‘aygach, hammaning haqini to‘lashga va’da berdi. Endi shu va’dasini bajarish uchun ham u yanada yaxshiroq o‘qiydi.

Bir yildan keyin…