Get Mystery Box with random crypto!

ODOB ChEGARASI (Ibratli rivoyat) Hoja Muhammad Bahouddin Naqs | MILLIONER KUTUBXONASI

ODOB ChEGARASI
(Ibratli rivoyat)

Hoja Muhammad Bahouddin Naqshband quddisa sirruh bir kuni shogirdlari bilan ketayotgan edilar.
Birdan chiziq tortdilarda “Hech kim bu chiziqdan oʻtmasin”, deb yoʻlda davom etdilar.
Shogirdlar chiziqdan oʻtolmay qolib ketdilar.

Oradan bitta shogird ustozdan ne boʻlsa ham qolmayman, deya chiziqdan oʻtib, hazrat izlaridan yetib oldi.

Shunda Hazrat Naqshband:
- Yaxshi qilding, bir chiziq deya bizdan qolib ketmading,- degan ekanlar.

Xulosa oʻrnida: Baʼzi oʻrinlar borki, unda beodoblik odob boʻladi. Yaʼni inson oʻz mustaqil fikriga ega boʻlishi kerak
.

@Biglibrary_uz
@Rivojlaniish