Get Mystery Box with random crypto!

​Ustoz... Magistratura talabalardan biri maʼruza oxirida meng | MILLIONER KUTUBXONASI

Ustoz...

Magistratura talabalardan biri maʼruza oxirida menga:
“Doktor!
Darsdagi maʼruzangizni eshitgan paytimizda uni tushunamiz va keyingi darsingizni intizorlik bilan kutamiz.
Lekin uyga qaytib, darsliklarni oʻqisak, siz maʼruza qilgan paytdagichalik foyda va ruhiyatni topmaymiz” dedi.
Men unga: “Asalari asalni nimadan oladi?” dedim.
U: “Gullar shirasidan”, dedi. Men: “Agar sen oʻsha gullarning birortasidan yesang, taʼmi qanday boʻladi?” dedim.
U: “Achchiq boʻladi”, dedi.
Shunda men: “Ustozning vazifasi mana shudir.
Ustozlar achchiq gullardan shirin va foydali asal chiqarish uchun millionlab gullar uzra aylanib, soʻng talabalar oldiga toʻplagan shiralarining xulosasini qoʻyishadi”, dedim.


@Biglibrary_uz
@Rivojlaniish