Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgi hayotimizdan mamnunmizmi? Atrofimizda sodir bõlayotgan | ʙɪɢ s͇͇ᴛᴇᴘs͇͇ ғᴏʀᴡᴀʀᴅ ✔

Hozirgi hayotimizdan mamnunmizmi?
Atrofimizda sodir bõlayotgan barcha voqealarning asosida õzimiz turishimizni hisobga olganda, hayotidan mamnunlik his qilayotgan insonlarga havas qilsa arziydi)
«Inson aurasi» deganda nimani tushunamiz?
Buni oddiygina qilib õzimizga kattaroq õlchamdagi kiyimni kiyib olishimiz misolida tushunish mumkin.
Kimdir bu holatda noqulaylikdan yuragi siqiladi, tezroq egnidagi kiyimni yechib uzoqroqqa uloqtirgisi keladi.
Boshqa birov esa ma'lum vaziyatdan õtib olguncha boriga qanoat qilib, hotirjamlikka erishadi.
Masalan yomğir yoğib turgan vaqtda ustimizdagi bahaybat yomğirpõsh biz uchun foydadan holi bõlmaydi)
Aslida õxshatishni bejizga katta õlchamdagi kiyim bilan boğlamagandim.
Inson nafaqat õzining tashqi tarafini, balki ichki dunyosini ham yuqoridagiga õxshash yopinchiq bilan dovullardan himoyalar ekan!
Ba'zan shunday vaqt keladiki, kõzimizga dunyo tor bõlib kõrinadi.
Ana õsha vaqtda kõngil yopinchiğini kengroğidan tanlasak, bunday kunlarni ham yaxshi xotiralar bilan yodga olamiz)