Get Mystery Box with random crypto!

#Ğaflatda_qolmang Ertaga arafa kuni: Ro‘za tutishni unutmang | Biz Gunohkormiz

#Ğaflatda_qolmang
Ertaga arafa kuni:
Ro‘za tutishni unutmang!
Ertaga, 8 iyul juma kuni zulhijja oyining 9-kuni – arafa kunidir.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi o‘zidan avvalgi bir yil va o‘zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo‘lishini Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Boshqa hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Og‘iz yopish va ochish vaqti (Toshkent vaqti bilan):
Saharlik (og‘iz yopish) vaqti: 03:15
Iftorlik (og‘iz ochish) vaqti: 20:00
Niyati: Xolis Alloh uchun nafl ro‘za tutishni niyat qildim.

Gʻaflatda qolmang! Arafa kuni ro‘zasini tutishni o‘tkazib yubormang!

@Bidoyatul_Hidoya || Haq tomon bir yo'l