Get Mystery Box with random crypto!

ODAMGA ODAM GʻANIMAT Baxtim o‘tkinchidir, nolam g‘animat, Har | Nastarin_ifori☘️

ODAMGA ODAM GʻANIMAT

Baxtim o‘tkinchidir, nolam g‘animat,
Har bitta bosilgan qadam g‘animat.
Qadrlab yashaylik go‘zal hayotni,
Do‘stlarim, odamga odam g‘animat.
 
Boshga balo bo‘lar tilning ofati,
Unutmang, bitmaydi dil jarohati.
Tirigida bo‘lsin har kimning qadri,
Do‘stlarim, odamga odam g‘animat.
 
Baxt boylikda emas, insoniylikda,
Iymondan qimmatroq hech narsa yo‘qda.
Shoshma, tirikchilik demagin to‘xta,
Do‘stlarim, odamga odam g‘animat.

Mehribon, yaqinim sog‘indim sizni,
Oqibat rishtasi bog‘lasin bizni.
Mehr -muhabbatga buraylik yuzni,
Do‘stlarim, odamga odam g‘animat.

Yaxshilikdan bo‘lsin har qanday suhbat,
Boshingga balodir, ig‘voyu tuhmat.
Diydorga to‘yaylik, ne berar g‘iybat,
Do‘stlarim, odamga odam g‘animat.
 
Bu Hayot o‘tkinchi, nolam g‘animat,
Otam g‘animatdir, Onam g‘animat.

27.12.2022

@bibliophile_17