Get Mystery Box with random crypto!

#psychology Siz o‘z temperamentingizni bilasizmi? Sangvinik: | Biblio Maniac

#psychology

Siz o‘z temperamentingizni bilasizmi?

Sangvinik:
-Do’stona, muloqotni sevuvchi, xushchaqchaq. Quloq solishni biladi, muloqotda barchaga ochiq va qiziquvchan. Yangi narsalarni sevadi;

- Komprommisga boruvchi;
-Qiyinchiliklardan qo’rqmaydi va mag’lubiyatni yengil qabul qiladi;
- Bilimga chanqoq, yangi ma’lumotlarni tez o’zlashtiradi. Bir narsadan ikkinchisiga e’tibori tez kuchayadi;
-Jazoni yengil qabul qiladi, konfliktga moil emas. Uzoq xafa bo’lmaydi;

Xolerik:
-Tinchlikni yoqtirmaydi;
-Bir joyda o’tira olmaydigan, xissiyotga beriluvchan, janjalkash;
-Faol, tavakkal qilishga moil;
-Yangi ma’lumotlarni tez qabul qiladi;
-Kayfiyatim tez o’zgarib turadi;
-Sabr qilish va xoshishni jilovlashni uddalay olmaydi;
-Tanqidiy fikrlash , tahlil qilish yetishmaydi.
-Qiyin uyquga ketadi;

Flegmatik:
-Tinch va emotsional barqaror;
-Sekin, ammo ishlarni sifatli bajaradi;
-O’z qarorlarini o’zgartirmaydi;
-Yaqinlari va do’stlariga sodiq;
-Tavakkalchilik va konfliktlarni yoqtirmaydi;
-Nutqni sekin, ifodali, ammo mimika va qo’shimcha tana harakatlarisiz;
-Tez uyquga ketadi, qiyin uyg’onadi;
-Yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga uzoq vaqt talab etadi;

Melanxolik:
-Sokin va hissiyotlarga beriluvchan;
-Tafakkur qiluvchi, uyatchan, qaror qabul qilishi qiyin;
-Qo’rquvga moyil;
-Muloqotni yoqtirmaydi, jazoni tragediyadek qabul qiladi;
-E’tiborni jamlashga qiynaladi;
-Kayfiyati o’zgarib turadi;
-Uyquga uzoq tayyorlanadi va qiyin uxlaydi, qiyin uyg’onadi.

Xo‘sh, siz qaysi temperamentga hossiz?

@kitob_ombori