Get Mystery Box with random crypto!

Telegram yoki ijtimoiy tarmoqlar hayotimiz uchun zarur instrum | BMSECURITY Group 🛡

Telegram yoki ijtimoiy tarmoqlar hayotimiz uchun zarur instrumentga aylanib , ularsiz ishlarimiz bitmaydigan darajaga kelib qoldi , hamma narsaning yaxshi va yomon tarafi bo`ladi , ijtimoiy tarmoqlarda foydali va zararli narsalar borligi , turli maqsadlar uchun foydalanish haqida 1-marta gapirilmayapti .

Firibgarlik , jinoyatlar va qonunga zid boshqa turdagi amallar asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilmoqda , bunda jinoyatchilar o`sha hududdagi keng ishlatiladigan messenjerlardan asosiy vosita sifatida foydalanishadi .

Telegram - oddiy foydalanuvchi uchun qulay , xavfsiz , [bepul] messenjer . Jinoyatchilar uchun esa [anonim] , tezkor , ishonchli , ko`p auditoriyali tayyor sotuv maydoni.

Telegram orqali yoki umuman ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan jinoyatlar uchun qanday choralar mavjud ? . Kiberxavfsizlik to`g`risidagi qonun , "axborotlashtirish va ma`lumot uzatishda qonunga xilof harakatlar to`g`risidagi qonun"ning 278-p1-p6 , + 155 p1 moddalari va mjtk ning qator boshqa moddalari bilan aniq barcha noqonuniy harakatlar va ularga jazo ko`rsatib qo`yilgan.

Ko`p sonli foydalanuvchilarimizdan kelgan shikoyatlar aynan telegram orqali amalga oshirilgan firibgarliklar uchun jazo qo`llash yoki uni aniqlash oxirigacha amalga oshmay qolganligini aytishmoqda.

Chunki buni juda muhim sabablari bor , bular :

- Telegram support , agar demokratik huquqi bahosi yashil rangda bo`lgan davlatlar u yoki bu telegram akkount haqida ma`lumot so`rab rasmiy so`rov bilan murojaat qilganda ularga kerakli ma`lumotlarni taqdim qiladi. Bu haqida buyerda o`qishingiz mumkin : click

Endi demokratik yashil rang haqida gaplashamiz : Turli ranglarda baholangan davlatlar demokratiya indeksi mavjud , bu indeks turli sohalarda biror davlatni baholash uchun asosiy rolni o`ynaydi , ranglar tartibi : 9.01–10.00 - 8.01–9.00 ballgacha bo`lgan bahodagi davlatlar to'liq demokratiya davlati xisoblanadi va ular bergan har qanday so`rovlar yuqori e`tibor bilan tezda hal qilinadi . 0–3.00 - 3.01–4.00 ballgacha bo`lgan bahodagi davlatlar avtoritar rejim deb baholanadi , qanday kriteriyalar hisobiga bunday baho berilishini batafsil buyerdan tanishing : click

O`zbekiston bu reytingda 150-o`rinda 2021-yil xisobida 2.12 ball egallab turibdi , bu baho bilan nafaqat telegram balki boshqa qator ijtimoiy tarmoqlar ham har qanday so`rovlarni bekor qilishi mumkin. Buni @transparency boti O`zbekistonliklar uchun bergan javobidan bilish mumkin.

Xo`sh unda telegram (ijtimoiy tarmoqlar) orqali qilingan jinoyatlarga rasman huquq muhofaza organlari hech qanday chora ko`ra olmaydimi ? degan savol yoki xulosa paydo bo`ladi , ha yoki yo`q !

Umumiy bu muammoni yechish uchun 2 ta yechim bor , internetdagi jinoyatlarni aniqlash va ularni cheklash vazifasini boshqa yo`llar bilan amalga oshiruvchi va bunday bilimga ega kiberxavsizlik mutaxassislari orqali qonun buzilishlariga qarshi kurashish . Aynan shunday maxsus xodimlarni biz o`z o`quv kurslarimizda 5 oy davomida tayyorlamoqdamiz. Batafsil bu yerda tanishing : click

2-yechim bu bizning [ BMSECURITY GROUP ] ijtimoy tarmoqlarda turli maqsadli kiber kuzatishlarni amalga oshirish xizmati orqali , oldindan ishlangan mexanizmdan foydalangan holda biz 70% dan oshiq aniqlikdagi natijani kafolatlab , turli jinoyatlarni aniqlashda yordam beramiz. Xizmatimiz faqat yuridik shaxslar va tashkilotlar uchun amal qiladi.

Admin bilan aloqa : @Educyber_admin
Telegram kanalimiz : @best_master_uz_official
https://cyber-sec.uz/complect