Get Mystery Box with random crypto!

Lockheed Martin tashkiloti Amerikaning aerokosmik, qurol, mud | BMSECURITY Group 🛡

Lockheed Martin tashkiloti Amerikaning aerokosmik, qurol, mudofaa, axborot xavfsizligi va umumjahon manfaatlariga ega texnologiya korporatsiyasi hisoblanadi. U 1995 yil mart oyida "Lokxeid Corporation" kompaniyasining qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan.

KillNET kecha "Lockheed Martin " ga kiber urush e`lon qildi , " Tashkilotning ishlab chiqarish majmualari tizimi , har qanday resurslari kiber xujum qilinadi , terrorchilik kompaniyasi xodimlarining barcha ma'lumotlari ommaga ochiq e'lon qilinadi. Dunyo bo'ylab Martin xodimlarining barchasi ta'qib qilinadi va yo`q qilinadi! "

"Men qurolga qarshiman! Men o'limdagi savdoga qarshiman!"

"Bizni qo`llovchi barcha xaker guruhlarini dunyo bo'ylab Lokxed Martin ishlab chiqarish sikllarida eskalatsiya yaratishga chaqiraman, shuningdek ushbu kompaniyaning terrorchilari haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni tarqatish uchun harakat qilamiz" deydi o`z xabarida KillNET.

KillNET biroz oldinroq bir nechta xakerlik guruhlari bilan birlashib "KillMILK" xaktivistlar jamoasini tashkil etgan edi va bugun ertalabdan NATO , Lockheed Martin uchun kiber urushni boshlashganini e`lon qilishdi.

"KillMILK" = Российского сообщества хактивистов Killnet, Легион, Кибер Армия России.


Tahlil : yuqoridagi hackerlik guruhlari ushbu tashkilotlarga qanday zarar yetkazishi mumkin ? , avvalo oldingi ssenariylardan xulosa qilib asosan DDOS xujumlarini kutishimiz mumkin , chunki rus xakerlari qo`lida anchagina kuchli botnet va zombi botlar mavjud ekanligini bir qancha davlatlar (Romania,Moldova,Czech,Italy,Latvia) resurslarini "uxlatib" qo`yganidan bilishimiz mumkin. Keyingi xujum turi oldindan kirib olingan va kuzatuvida bo`lgan bir qancha resurslar va subkompaniyalar orqali asosiy targetga o`tish va u orqali maxfiy fayllarni qo`lga kiritishlari va tarqatishlarini kutish mumkin. Yana bir narsa ransomware viruslari orqali bo`ladigan xujumlarni esdan chiqazmaslik kerak , bozorda asosan ruslar yetakchilik qiladi bu mavzuda , shunday ekan nishondagi tashkilotlar anchagina zarar ko`rishiga ishonaman , albatta xavfsizlik uchun choralar ularda qat`iy kuchaytiriladi ammo o`ylashimcha endi kech va ruslar ancha oldindan ular tizimlarida bo`lishi mumkin...

@best_master_uz_official