Get Mystery Box with random crypto!

Mahsulot xarid qiling va sotib yuboring. Sotuvlarning real me | Умный Бизнес

Mahsulot xarid qiling va sotib yuboring.

Sotuvlarning real mexanizmi asosi – bu ishlab chiqarish quvvatlari ham, mahsulotga ega bo‘lish ham, benuqson mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish ham, boshqa biror narsa ham emasligiga e’tibor qarating.

Biznes qurish sari navbatdagi nazariy yondoshuv ustida bosh qotirar ekansiz, yodingizda tuting.

Garchi hayot real sotuvlar mexanizmiga bir dollar sarmoya kiritish va ikki dollar foyda olish imkonini bersa-da, bir dollar sarmoya kiritish va 80ssent foyda olishni siz ishning yaxshi boshlangani sifatida qabul qilishingiz mumkin. Demak, agar siz ish boshlayotgan bo‘lsangiz, BIRINCHI qiladigan ishingiz, nimanidir sota olishingizni isbotlashingiz kerak. Shuning o‘zi kifoya. Shunchaki nimanidir sota olishingizni isbotlang. Buni qaerdan olishingiz va narhi qancha ekanining ahamiyati yo‘q.

Aytaylik, siz qiymati 1500 dollarlik barcha qulayliklarga ega bo‘lgan velosiped sotishni xohlaysiz. Uni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish esa sizga 250 ming dollarga tushadi. Har bir velosiped ishlab chiqarila boshlangach sizga 600 dollardan tushishini yaxshi bilasiz. Daromad esa 900 dollarni tashkil etadi. Aksariyat odamlar bunday hollarda velosipedni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishadi, keyin esa sotishga urinishadi. Bu esa katta xatolik.
Deylik, uni qo‘lda yasash sizga 5 ming dollarga tushadi. Siz shunday qiling: 1 yarim ming dollarlik velosipedlaringizni reklama qilib, buyurtmalarni yig‘ib qoling, tishingizni tishingizga qo‘yib tannarhi 5 ming dollarlik 10 ta velosiped chiqaring.
Ha, bilaman, siz har bir velosiped sotuvidan 3 yarim ming dollar yo‘qotasiz. Lekin bu muhim emas. Bu baribir siz bozorga chiqib olishingiz uchun eng xavfsiz yo‘l. Dastlabki 10 ta velosiped sizga 35 ming dollarga tushadi. Lekin bu 250 ming sarflab birorta narsa sota olmaslikdan ko‘ra afzalroq.

Matni davomini oʻqish uchun telegram sahifamizga tashrif buyuring.  (https://t.me/Hack_the_biz/57)